ZAMONAVIY POLIGRAFIYA VA UNING IMKONIYATLARI

HEIDELBERG OMNIFIRE 1000 IMKONIYATLARINI MILANDA NAMOYISH ETADI

Toshkent - Heidelberger Druckmaschinen AG (Heidelberg) konserni Milandagi ko‘rgazmada Heidelberg Omnifire 1000 raqamli jihozi yordamida 4D-bosmaning hayratlanarli yangi imkoniyatlarini namoyish etdi. Ko‘rgazma 2016 yil 15-17 noyabr kunlari o‘tkazildi. Kompaniya stendida raqamli bosma bilan bezatilgan jomadonlar, sumkalar, motosiklchilar shlemlari, xokkey klyushkalari va hatto, yo‘lovchi samolyot saloni unsurlari ham namoyish etildi. Bosmaning eng yangi texnologiyasi tasvirni istalgan shakl va turli materiallarga asoslangan ashyolarga ko‘chirib o‘tkazadi. Bunday bosma texnologiyasi o‘zigagina xos va takrorlanmas tasvirlarni yuzaga keltiradi, u h,ech kimni befarq qoldirmaydi.  Heidelberg konserni matbaa sanoatining jahondagi yetakchisi deya e'tirof etilgan va 1850- yildan buyon raqamli matbaa jihozlarini ishlab chiqarish, ishlab chiqish va sotish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Germaniyada joylashgan.

Sana: 04 Dec 2016