“Keng formatli bosma” nomining o‘zi u haqda so‘zlab turadi. keng formatli bosmadan reklama tashuvchilar - plakatlar, tortmalar, bannerlar va tashqi konstruksiyaning yanada murakkabroq unsurlarini chop etishda foydalaniladi. Raqamli bosma rulon materiallar (vinil plyonka, banner matosi, to‘r, orakal, qog‘oz)da amalga oshiriladi.
Keng formatli bosma turlariga interyer va tashqi bosma kiradi.
Interyer bosmasidan farqli o‘laroq (ularda tasvir o‘lchami yetarlicha katta bo‘lmaydi, chunki odatda yaqindan ko‘riladi), tashqi konstruksiyalar uchun bosmalar ba'zida o‘zining qamrovi bilan hayratga soladi. Bunday tasvirlarning o‘lchamlari bir necha metrdan o‘nlab metrgacha farqlanadi, bu tasvirni uzoqdan ilg‘ashga imkon beradi. Reklama konstruksiyalari uchun chop etish zichligi interyer fotobosmasinikiga qaraganda ancha past (150-360 nuqta/dyuym).
Tashqi konstruksiyalar uchun keng formatli bosmaning yana bir o‘ziga xos jihati reklama tashuvchining keskin tashqi muhit ta'siri ostida bo‘lishidir, bunga turli tabiiy holatlar (quyosh nurlari, qor, yomg‘ir, shamol va boqsha ta'sirlar) kiradi. Shu sababli, keng formatli bosma uchun materiallar yemirilishga chidamliroq va mustahkamroq bo‘ladi
Keng formatli bosma quyidagi reklama tashuvchilar uchun qo‘llaniladi:
- Orakallar (yelimlanadigan reklama) vitrinalar, prizmatron, avtotransport uchun
- Tortilmalar, bannerlar, brandmauerlar va megabordlar, peshtoqlar va bosha konstruksiyalarni tayyorlash
ADG Copy Center bosmaxonasi jihozlari ham tashqi konstruksiyalar, ham interyer dizayni uchun keng formatdagi va yuqori zichlikdagi tasvirni chop etish imkonini beradi.